
"Arsenal" o‘rtoqlik uchrashuvida "Milan"ni mag‘lub etdi, Edegordan chiroyli gol (video)
Jahon chempionati tufayli yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanayotgan klublar o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushmoqda.
Bugun Dubay shahrida "Arsenal" hamda "Milan" jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Unda londonliklar 2:1 hisobida zafar quchdi. "Kanonirlar" safida Martin Edegor va Ris Nelson tomonidan kiritilgan gollarga "rossonerilar" safida Fikayo Tomori bir marotaba javob qaytardi.
Qayd etish joiz, Martinning goli ancha chiroyli chiqqani bilan qolganlardan ajralib turdi.
Fikrlar