"Arsenal" "Manchester Siti" yarim himoyachisiga qiziqmoqda

  • 17 may, 2023, 16:40
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" yozgi transferlar oynasida tarkibni kuchaytirishga harakat qiladi. "Kanonirlar" "Manchester Siti" yarim himoyachisi Ilkay Gyundoganga qiziqmoqda, deya xabar berdi "Bild" nashri. 

Tecno

32 yoshli yarim himoyachi mavsum so‘nggida "shaharliklar" bilan amaldagi shartnomasi o‘z nihoyasiga etadi. Uni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan jamoalar orasida "Barsa" ham bor. 

Germaniyalik futbolchi hali so‘nggi qarorni chiqargani yo‘q. U "Manchester Siti" bilan yangi bitim borasida kelishib olishi ham mumkin. 

"Arsenal" kelasi mavsum uchun katta tayorgarlik ko‘rmoqda. Klub transferlarga 200 million evro sarflashni rejalashtirgan. Artetaning asosiy maqsadlari Deklan Rays va Moyses Kaysedolarni olib kelish. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!