"Arsenal" Evropa ligasida ajoyib rekord o‘rnatdi

  • 12 mart, 2021, 09:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" klubi UEFA Evropa ligasida rekord o‘rnatdi. Musobaqaning joriy mavsumida “kanonirlar”ning naqd 15 ta futbolchisi o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.

Tecno

Jumladan, gollarni Per-Emerik Obameyang (3 gol), Edvard Nketia (3), Jozef Uillok (3), Nikolya Pepe (3), Muhammad El-Nenni (2), Folarin Balogun (2), Gabriel Magalyanes (1), David Luiz (1), Aleksandr Lyakazett (1), Reyss Nelson (1), Pablo Mari (1), Bukayo Saka (1), Emil Smit (1), Kiran Tirni (1) va Martin Edegor (1) kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, “Arsenal” kecha Evropa ligasining 1/8 final dastlabki uchrashuvida “Olimpiakos” mehmoni bo‘ldi va 1:3 hisobida g‘alaba qozondi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!