"Arsenal" "Everton" to‘purarini ko‘zlamoqda

  • 23 iyun, 2021, 22:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Everton" klubi va Angliya terma jamoasi hujumchisi Dominik Kalvert-Lyuin faoliyatini "Arsenal"da davom ettirishi mumkin.

Tecno

The Telegraph nashrining yozishicha, "kanonirlar" ham 24 yoshli futbolchi uchun kurashga qo‘shilmoqchi. Ammo buning uchun “Arsenal” tarkibdagi qaysidir futbolchisidan voz kechishiga va uni sotib yuborishiga to‘g‘ri keladi.

"Arsenal" yana bir yildan so‘ng shartnomasi yakunlanadigan Aleksandr Lyakazett va o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayotganidan norozi bo‘layotgan Eddi Nketiyani sotib yuborishi mumkin.

Dominik Kalvert-Lyuin ortda qolgan mavsum APLda 33 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 16 ta gol urdi. Shu tariqa u "Everton"ning chempionatdagi eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!