
Mikel Arteta “Barsa” taklifini erda qoldirdi
“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoa etakchilaridan Gabriel Magalyaesani “Barselona”ga qo‘yib yuboriga ko‘nmadi.
Kataloniyaliklar 24 yoshli braziliyalik himoyachiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Xavi bu o‘yinchi yordamida jamoa mudofaa chizig‘ini mustahkamlashni rejalashtirayotgan edi. Biroq, “Arsenal” bu o‘yinchi London qolishini ta’kidladi.
“Barselona” Gabrielni olish uchun “kanonirlar”ga uch futbolchi – darvozabon Neto, yarim himoyachi Riki Puch va hujumchi Memfis Depayni shartnomaga qo‘shishni taklif qilgandi.
Gabriel Magalyaesanning londonliklar bilan kelishuvi 2025 yilning yozigacha davom etadi. Uning transfer summasi 30 million evro atrofida belgilangan.
Fikrlar