
"ArMI-2022". “Sodiq do‘st”da harbiylarimiz yana rekord natijalarni qayd etdi
Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida “ArMI—2022” Xalqaro armiya o‘yinlari doirasida o‘tkazilayotgan “Sodiq do‘st” musobaqasi qizg‘in pallaga kirdi.
Bugungi shartda ishtirokchilar xizmat itlari bilan 300 metrlik to‘siqli yo‘laklardan o‘tish bo‘yicha o‘zaro bellashdi. O‘zbekiston Mudofaa vazirligining qizlar jamoasidan kichik serjant Marjona Oqqo‘zieva “Brenda” laqabli iti hamrohligida barcha to‘siqlarni chapdastlik engib, 11.17 soniya rekord natija bilan yuqori ballni taqdim etdi.
Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi oddiy askar Qurbonbek Yarashev esa “Klif” laqabli xizmat iti bilan barcha raqiblarini orta qoldirib, 1 daqiqayu 8 soniya natija orqali rekordni qayd etdi.
Musobaqaning mazkur sharti yakuniy natijalarga ko‘ra, qizlar jamoasi o‘rtasidagi bellashuvlarda 1-va 2-o‘rinlarini O‘zbekiston jamosi band etgan bo‘lsa, 3-o‘rini Rossiya Federatsiyasi vakillari egalladi.
Erkaklar jamoasi bo‘yicha ham natijalar yuqoridagidek.
Fikrlar