
Arda Gyulerning 2023 yilda maydonga tushmasligi ma’lum bo‘ldi
"Real" futbolchisi Arda Gyuler 2023 yilda maydonga tushmasligi ma’lum bo‘ldi. Klub rahbariyati turkiyalik iste’dod sohibining sog‘lig‘i bilan tavakkal qilmoqchi emas.
"AS" nashrining xabar berishicha, hujumkor yarim himoyachi "Vilyarreal" va "Alaves"ga qarshi o‘yinlarni zaxira o‘rindig‘idan tomosha qiladi. Murabbiylar shtabi uning tiklanishini tezlashtirish niyatida emas.
Eslatib o‘tamiz, turk futbolchisi "Fenerbaxche"dan "Real"ga ko‘chib o‘tganidan buyon hali debyutini amalga oshirmadi. Uning transferi uchun "qirollik klubi" yozda 15 million evro sarflagandi.
Fikrlar