
APLda mavsumning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi. U kim?
Sky Sports nashri Angliya premer-ligasining joriy 2019/20 yilgi mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi nomini aniqlash bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazdi.
Unga ko‘ra, ushbu nomga "Liverpul" forvardi Sadio Mane loyiq deb topildi. Mushtariylarning 33 foizi aynan senegallik futbolchiga ovoz berishgan.
Kuchli uchlikdan esa “Liverpul”ning yana bir a’zosi Jordan Xenderson (31%) va "Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne (20%) joy oldi.
Sadio Mane bu mavsum APLda 26 ta o‘yinda maydonga tushdi va 14 ta gol hamda 9 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.
Fikrlar