
APL. Noyabr oyining eng yaxshilari aniqlandi
APLda noyabr oyining eng yaxshilari aniqlandi. Unga ko‘ra, "Manchester Yunayted" himoyachisi Xarri Maguayr eng yaxshi o‘yinchi, jamoa bosh murabbiyi Erik Ten Xag esa eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Shuningdek, Alexandro Garnachoning "Everton"ga urgan goli oyning eng chiroyli goli bo‘ldi.
"Qizil iblislar" ushbu oyda chempionat doirasida "Fulxem" va "Luton"ni 1:0, "Everton"ni esa 0:3 hisobida mag‘lub qildi.
Eslatib o‘tamiz, "Manchester Yunayted" turnir jadvalida 15-turdan keyin 6-o‘rinda turibdi. Klubni oldinda "Bornmut"ga qarshi uchrashuv kutmoqda.
Fikrlar