APL. "Liveprul" - "Arsenal" bahsida jangovar durang qayd etildi

  • 9 aprel, 2023, 22:41
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

APLning 30-turidan o‘rin olgan "Liverpul" - "Arsenal" bahsi bo‘lib o‘tdi. Mavsumning eng yaxshi o‘yinlari qatoriga kirish uchun nomzodlik qiluvchi uchrashuv 2:2 hisobi bilan tugadi. 

Tecno

Dastlab, Martinelli 8-daqiqada hisobni ochdi. 28-daqiqada esa Jezus oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. Taym so‘nggida Saloh javob golini urdi. Ikkinchi bo‘lim boshida "kanonirlar" darvozasi tomon peanalti belgilandi, lekin Saloh 11 metrlik jarimadan unumli foydalana olmadi. Zahiradan maydonga tushgan Firmino 87-daqiqada boshi bilan gol urib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. 

Shu tariqa, "Arsenal" turnir jadvalidagi ochkolari sonini 73 taga etkazib oldi. "Liverpul" esa 44 ochko bilan 8-o‘rindan joy olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!