APL chempioni faoliyatini Madrid klubida davom ettirishi mumkin

  • 28 aprel, 15:37
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Urugvaylik markaziy hujumchi Darvin Nunes joriy mavsum yakunlangach "Liverpul"ni tark etishi mumkin. Bu haqda "TodoFichajes"  portali xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, hujumchining faoliyatini davom ettirishi uchun Ispaniya va Saudiya Arabistoni chempionatlaridan takliflar mavjud. La Ligada Darvinning transferiga Madridning "Atletiko" klubi qiziqish bildirmoqda.

25 yoshli futbolchining "qizillar" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Urugvaylik futbolchining transfer qiymati 50 million evro deb baholanmoqda.

Joriy APL mavsumida Nunes 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urishga erishdi.

Eslatib o‘tamiz, Darvin "qizillar" tarixidagi eng qimmat xarid hisoblanadi. U 2022 yilda 85 million evro evaziga "Benfika"dan mersisaydliklar safiga qo‘shilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!