Anvar Boynazarov Frantsiyada mezbon sportchini mag‘lubiyatga uchratdi

CHERY AUTO

Aralash yakkakurash jang san’atlari ustasi o‘zbekistonlik Anvar Boynazarov o‘zining navbatdagi jangini bugun Frantsiyaning Strasburg shahrida o‘tkazdi.

Tecno

Kikboksing bo‘yicha “GLORY 64” turniri doirasida 64 kg vazn toifasida sportchimiz mezbon yakkakurashchi Abdulloh Ezbiri bilan kuch sinashdi. Hamyurtimiz ochkolar hisobi bo‘yicha ushbu jangda g‘olib chiqdi.

Qayd etish lozimki, hamyurtimizning bu safargi raqibi ushbu turnirdagi faoliyatini 2013 yilda boshlagan bo‘lib, shu vaqtga qadar 5 jang o‘tkazib, 3 g‘alaba va 2 mag‘lubiyat qayd etgan. Bugungi jangdan so‘ng uning mag‘lubiyatlari yana bittaga ko‘paydi.

Ushbu to‘qnashuv sportchilarning o‘zaro ikkinchi jangi hisoblanadi. Ular 2017 yil 28 oktyabrida Lionda tashkil qilingan “GLORY 47” turniri to‘qnash kelishgan va unda mezbon sportchining qo‘li baland kelgan edi. Bugun esa Boynazarov ushbu mag‘lubiyat uchun munosib revansh oldi deyish mumkin.

Boynazarov bungacha so‘nggi marta o‘tgan yilning sentyabr oyida ringga ko‘tarilgan edi. O‘shanda Chikagoda o‘tkazilgan "GLORY 58" musobaqasida britaniyalik Beyli Sugdenni nokautga uchratgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Anvar Boynazarov uchun bu “Glory” turnirlaridagi 8-jang hisoblanadi. Bungacha u 7 ta jang o‘tkazib, 3 g‘alaba (1 nokaut) va 4 mag‘lubiyat qayd etgan.

Ma’lumot uchun: “Markaziy Osiyo sheri” nomi bilan tanilgan Anvar muay tay bilan shug‘ullana boshlagan. Ko‘p yillar davomida u Tailandda tajribasini oshirib, ajoyib natijalarga erishgan. U birinchilardan bo‘lib “eng yaxshi xorijlik ​​Lumpini jangchisi” degan nomga sazovor bo‘lgan. Lumpini muay tay bo‘yicha jahonning eng nomdor stadioni hisoblanadi.

Anvar ushbu kamar ostida 110 jang o‘tkazib, 88 tasida zafar quchgan. 50 tasida esa raqiblarini nokautga uchratgan. U ikki marta “WMY Muay Thai” bo‘yicha jahon chempioniga aylangan va bu orada kikboksing sir-asrorlarini ham o‘rganib oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!