Antonio Konte: "Yigitlar juda qattiq ishlashyapti. Bu menga kuch bermoqda"

  • 28 iyul, 2019, 02:36
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" klubi bosh murabbiyi Antonio Konte PSJ(1:1, penaltilar seriyasi 6:5) jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvidagi g‘alabadan xursand ekanligini yashirmadi.
"Men albatta juda xursandman, agar bugungi bahsga nazar tashlasangiz, mag‘lubiyatga loyiq emasligimizni ayta olasiz.
Natijadan xulosa chiqarib, men yaxshi o‘ynaganimizga ishonaman. Rostini aytganda, men yigitlarimning fe’l-atvorida, o‘ynashga bo‘lgan ishtiyoq, raqib jarima maydoni atrofida xujum qilish va to‘pni yo‘qotib qo‘ygan zahoti qaytib olish xohishlarida o‘sishni ko‘rmoqdaman.
Menimcha bu ijobiy tomon. Yigitlar juda qattiq ishlashyapti. Bu menga kuch bermoqda.
Meni xursand qilgani, yigitlar oxirgi daqiqalargacha kurashdi va so‘nggi daqiqalarda gol urdik(PSJga qarshi uchrashuvda 94-daqiqada gol urildi)
va penaltilar seriyasida g‘olib chiqdik. Biz doimo shu ruhda davom etib, oxirigacha kurashishimiz kerak," - Konte.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!