Antonio Konte “Roma”dan o‘yinchi oladi. Mourino transferga qarshi emas

  • 21 yanvar, 2022, 09:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem” mutasaddilari qishki transferlar oynasi yopilgunga qadar “Roma” yarim himoyachisi Jordan Veretuni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, frantsiyalik futbolchining mahorati “shporlar” bosh murabbiyi Antonio Konteni qiziqtirib qo‘ygan. Bundan tashqari londonliklar sport direktori Fabio Paratichi ham Veretuning imkoniyatlarini juda yaxshi biladi.

Shunga qaramay, “Tottenxem” vakillari “Roma”ning roziligini olishga urinib ko‘ra. Manbaning ta’kidlashicha, Joze Mourino ishonchli o‘yinchisini Londonga jo‘natishga qarshi emas. Portugaliyalik mutaxassis Veretuni sotib yuborib, o‘rniga o‘zi istagan kuchliroq futbolchini taklif qilishni rejalashtirmoqda.

Qolaversa, qishda transfer qilingan Eynsli Meytlend-Nayls va Serjiu Oliveyra bemalol Veretuning o‘rnini bosishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!