
Antonio Konte "Inter"ga nima kerakligini aytdi
"Inter" bosh murabbiyi Antonio Konte jamoasini kuchaytirishi mumkin bo‘lgan omillar nima ekanligini aytdi.
"Bizning asosiy maqsadimiz kuchli va ishonchli futbolchilarga e’tibor qaratish. Italiyalik futbolchilar bu talabga javob bera oladi. Ular bizning falsafamizni yaxshi bilishadi.
Biz italiyalikmiz. Ko‘proq aniq taktikada va barcha holatlarga e’tibor berib o‘yin tashkil etamiz, buning uchun bizga italyancha ruh kerak bo‘ladi. Masalan Samir Handanovich, men uni italiyalik deb hisoblayman", - deydi Konte.
Fikrlar