
Angliyaning uchta grandi Usmonni chaqiryapti
PSJ hujumkor futbolchisi Usmon Dembeleni faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirish uchun bir necha variantlarga ega.
Todofichajes nashrining ma’lum qilishicha, Angliyaning uchta qudratli klubi – “Manchester Siti”, “Liverpul” va “Arsenal” 27 yoshli futbolchiga ish berishga tayyor.
Dembelening Frantsiya chempioni bilan shartnomasi 2028 yilning yarmigacha tuzilgan. Bu futbolchi ayni paytda 60 million evroga baholanmoqda.
Dembele “Renn” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Bu jamoa asosiy tarkibida bir mavsum to‘p tepganidan keyin 2016 yili 35 million evro evaziga “Borussiya Dortmund”ga ko‘chib o‘tgan.
Bundesliga klubi uni bir mavsum o‘ynatib, “Barselona”ga 135 million evroga transfer qildi. Parijliklar esa, Dembeleni o‘tgan yili yozda 50 million evro to‘lab, o‘z tarkibiga qo‘shib olgandi.
Fikrlar