Angliyadagi darvozabonga umuman gol urib bo‘lmayapti

  • 29 mart, 2021, 08:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2022 yilgi jahon chempionatining saralash turniri doirasida Angliya terma jamoasi San-Marinoni 5:0, Albaniyani 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Har ikki o‘yinda inglizlar darvozasini Nik Poup qo‘riqladi.

Tecno

Iste’dodli darvozabon terma jamoa safida ajoyib rekord qayd etdi. Nik Poup Angliya terma jamoasining birorta gol o‘tkazmagan debyutant darvozaboni bo‘ldi. U ketma-ket oltita uchrashuvdan beri o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab kelmoqda.

"Byornli" klubi darvozaboni hisoblangan Poup o‘z mamlakati bosh jamoasi uchun ilk uchrashuvini uch yil avval Kosta-Rikaga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik o‘yinida o‘tkazgandi. Keyin Kosovo, Uels va Irlandiya bilan bo‘lgan bahslarda ham darvozasini mustahkam qo‘riqlagan.

Angliyaning birorta darvozaboni bunaqa ko‘rsatkichni qayd eta olmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!