"Andijon" xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi

  • 12 oktabr, 2023, 12:57
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ma’lumki, ayni paytda FIFA kunlari munosabati bilan chempionatimizda biroz tanaffus yuzaga keldi. Superligada o‘z o‘yinlari va natijalari bilan muxlislarini quvontirayotgan “Andijon” klubi chempionatning navbatdagi rasmiy uchrashuviga tayyorgarlik jarayonida xalqaro o‘rtoqlik bellashuvini o‘tkazadi.

Tecno

14 oktyabr kuni Qirg‘izistonning joriy yildagi Kubogi sohibi “Muras Yunayted” jamoasiga qarshi “Bobur Arena”da xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkaziladi.

“Andijon” hamda “Muras Yunayted” klublari o‘rtasidagi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvining tashkil etilishi bejiz emas. Boisi, shu yilning 10 sentyabr sanasida "Burgutlar" Qirg‘izistonning Jalolobod shahrida aynan “Muras Yunayted”ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushgan va o‘sha tashrif chog‘ida ikkala klub o‘rtasida memorandum ham imzolangandi.

Ta’kidlash joizki, mazkur kelishuvning va do‘stlik rishtalarining mantiqiy davomi sifatida endilikda bu jamoalar ikkinchi xalqaro o‘rtoqlik o‘yinini “Bobur Arena”da o‘tkazadilar.

Mazkur xalqaro o‘rtoqlik o‘yin 14 oktyabr, shanba kuni soat 16:30 da boshlanadi. Barcha muxlislarni “Bobur Arena”ga taklif qilamiz. Stadionga kirish bepul!

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!