
"Andijon" ta’tilga chiqdi, yozgi yig‘in rejalari esa aniq
Pro ligada yozgi tanaffus e’lon qilindi. Shu sababli barcha klublar qatori “Andijon” jamoasi a’zolari ham ta’tilga chiqishdi.
Nukusda “Aral Samali” ustidan 1:6 hisobidagi g‘alabadan keyin barchaga qisqa muddatli xordiq berildi. Jumladan, bosh murabbiy Viktor Kumikov, uning yordamchisi Oleg Kornienko, legionerlar – Vladimir Bubanya, Bogdan Milich hamda Goron Miloyko tanaffusdan foydalanib o‘z yurtlariga qaytdilar.
Albatta, yozgi yig‘inni puxta o‘tkazish maqsadida oldindan rejalar ishlab chiqilgan. Jamoa a’zolari tayyorgarlik jarayonini 5 iyuldan Dukentda boshlaydi. Bosh murabbiy va uning yordamchisi, shuningdek, legionerlar jamoaga aynan Dukentda qo‘shiladilar. U erda 15 iyulga qadar mashg‘ulotlar davom ettiriladi.
Shundan so‘ng futbolchilarga yana ikki kunlik dam berilgach, jamoamizning ikkinchi bosqichdagi yig‘ini 18-30 iyul kunlariga mo‘ljallangan bo‘lib, bu safar Toshkentda o‘tkaziladi. U erda bir qator nazorat uchrashuvlari ham tashkillashtirilishi mo‘ljallangan.
“Andijon” matbuot xizmati.
Fikrlar