"Andijon" safida yangi futbolchilar bor

  • 28 yanvar, 2024, 18:12
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun "Andijon"ning Antaliyadagi beshinchi kuni. Kecha Janubiy Koreya U-23 termasiga qarshi nazorat bahsida 0:0 hisobini qayd etgan vakillarimiz bugun rejaga ko‘ra yana mashg‘ulotlarini davom ettirmoqda. Avvaliga maydonda, so‘ngra trenajyor zalida shug‘ullanishdi.

Tecno

Tarkibda qanday o‘zgarishlar yuz berayotgani ham muxlislarga qiziq, albatta. Mashg‘ulotlarga yangi futbolchilar qo‘shilishgan. Avvaliga “Metallurg”dan Bektemir Abdumannonov va “Olimpik”dan Sherzod Esanov jalb etildi. Bilasiz, Esanov o‘tgan mavsum birinchi davradan keyin "Andijon" safini tark etib, “Olimpik” klubiga ijaraga berilgandi.

Bulardan tashqari, “Andijon-SGS”dan Abubakr Rejabboev, qolaversa, iqtidorli hujumchi Diyor Toirov ham “Andijon” bilan Antaliyadagi yig‘inda qatnashishyapti. O‘tgan mavsum “Turon” sharafini himoya qilgan Marlen Chobanov ham jamoaning yig‘inlariga qo‘shildi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Sunnat Abdullajonov bilan shartnoma imzolangani xususida rasmiy xabar berganmiz. 

Selektsiya ishlari davom ettirilyapti. Yuqoridagilar bilan shartnoma imzolangach, bu xususida rasmiy sahifalarimiz orqali rasman e’lon qilamiz, - deya xabar bermoqda, "Andijon" matbuot xizmati.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!