"Andijon" legionerlari terma jamoalarga chaqirildi

  • 12 noyabr, 2024, 14:12
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFA kunlari munosabati bilan milliy birinchiligimizda biroz tanaffus yuzaga keldi. Shu sababli "Andijon"ning ikki nafar legioneri – Shaxrom Samiev va Maksim Sarraf terma jamoalariga chaqirildi.

Tecno

Jumladan, Tojikiston milliy terma jamoasi FIFA kunlaridan foydalanib 13-19 noyabr kunlari Nepal va Afg‘oniston termalariga qarshi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazadi. Bo‘lajak o‘yinlarda qatnashish uchun Shaxrom Samiev terma jamoa ixtiyoriga jo‘nab ketdi.

Suriya milliy terma jamoasi 11-20 noyabr kunlari o‘quv-mashg‘ulot yig‘ilarini o‘tkazadi va ushbu tayyorgarlik jarayonida Rossiya terma jamoasiga qarshi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etadi. "Andijon" darvozaboni Maksim Sarraf esa ushbu yig‘in va bo‘lajak o‘yin uchun Suriya termasiga jalb qilindi.  

"Andijon" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!