Anchelottiga bunaqa futbolchi kerak emas...

  • 29 dekabr, 2024, 09:00
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoani birinchilardan bo‘lib qaysi futbolchi tark etishi kerakligini ma’lum qildi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, 27 yoshli markaziy himoyachi Xesus Valexo italiyalik mutaxassisning ishonchini umuman oqlay olmagan.

Jamoada himoyachilar etishmayotganiga qaramay, Anchelotti Valexoni faqat bir marta maydonga tushirdi. Mavsum oxirigacha bu holat o‘zgarmay qoladi. Bosh murabbiy Xesusdan zaxira o‘yinchisi sifatida ham foydalanmoqchi emas.

Valexo 2015 yildan beri “Real” futbolchisi hisoblanadi. Uning amaldagi shartnomasi yozda tugaydi. Agar yanvar ichi bu himoyachiga xaridor chiqmasa, Valexo mavsum tugaganidan keyin erkin agent maqomida boshqa jamoa qidiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!