Anchelotti yangi mavsumda "Real"da Beylga ishonch bildiradimi?

  • 3 iyun, 2021, 11:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real"ning yangi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o‘tgan mavsumni "Tottenxem"da ijarada o‘tkazgan yarim himoyachi Garet Beylning kelajagi haqida gapirdi.

Tecno

“U premer-ligada ko‘p o‘yin o‘tkazmadi, ammo u juda ko‘p gol urdi (20 o‘yinda 11 ta gol). U so‘nggi uchrashuvlarda juda samarali harakat qildi va barqarorlikka erishdi.

Men uni yaxshi bilaman (Anchelotti Beyl bilan 2013-2015 yillarda "Real"da birga ishlagan). Agar u motivatsiyaga ega bo‘lsa, u ajoyib mavsumni o‘tkazishi mumkin. Bunga shubham yo‘q”, - dedi Anchelotti.

Anchelotti “Real”ga kelguniga qadar “qirollik klubi” Beylni sotib yuborishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Uelslik futbolchining madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!