Anchelotti "Real"ning qaysi pozitsiyasini kuchaytirish kerakligini biladi, ammo rahbariyat...

  • 1 iyul, 2023, 12:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Real" Madrid bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoaning chap qanot himoyasini kuchaytirmoqchi.

Avval xabar berganimizdek, klub Ferlan Mendini sotish masalasini jiddiy o‘ylamoqda, ammo buni italiyalik mutaxassis qo‘llab-quvvatlamayapti. Madrid Xtra nashri xabariga ko‘ra, Anchelotti chap qanotda raqobatni kuchaytirmoqchi, ammo bu pozitsiyaga yangi o‘yinchilarni sotib olish "qirollik klubi" rahbariyati tomonidan yozgi transfer oynasidagi ustuvor vazifa sifatida ko‘rilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, "qaymoqranglilar" safiga yaqinda "Rayo Valekano"dan 5 million evro evaziga chap qanot himoyachisi Fran Garsiya qo‘shildi. Aynan u kelasi mavsumda asosiy tarkibdan joy olish uchun Ferland Mendi bilan raqobatlashishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!