Anchelotti: “Natija adolatli bo‘lmadi, biz mag‘lubiyatga loyiq emas edik”

  • 2 fevral, 04:08
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Espanol"ga qarshi uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi. Mutaxassis bo‘lib o‘tgan o‘yin, hakamning qarorlari va Ryudigerning jarohati haqida gapirdi. 
 
"Bugun juda qiyin o‘yin bo‘ldi, biz esa buni avvaldan bilar edik. Mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsak ham o‘yinni yaxshi nazorat qila olishga muvaffaq bo‘ldik. 
 
Hakamning qizil kartochka haqidagi qarori mantiqqa to‘g‘ri kelmadi. Buni esa butun dunyo tomosha qilib, qizil ekanligini ta’kidladi. VAR aynan shu vaziyatlarda yordam berish maqsadida o‘ylab topilgan edi. Shuni ham aytib o‘tishim kerak, mening hakamlarga hech qanday adovatim yo‘q, faqatgina qizil kartochka borligini keltirmoqchiman xolos. 

Raqibga keladigan bo‘lsak, "Espanol" juda yaxshi o‘ynab, juda yaxshi himoyalanishdi va o‘yinni o‘zgartira olishdi. 

Albatta, natija adolatli bo‘lmadi, biz mag‘lubiyatga loyiq emasdik. Bizda imkoniyatlar bo‘ldi va jamoa muvozanatli edi. Klubim hali hamon mazkur musobaqada chempionlik kurashida etakchilik qilmoqdamiz, endi esa Madrid derbisini kutishimiz kerak. 
 
Agarda Antoninoning jarohati haqida so‘rasangiz, Ryudiger o‘zini biroz yomon his qilmoqda, uning faqatgina mushaklarida zo‘riqish bor” – deya aytib o‘tdi, italiyalik murabbiy. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!