
Anchelotti Modrich, Kroos va Benzema bo‘yicha yakuniy qarorini aytdi
Mavsum oxirida “Real”ning tajribali yulduzlari – Luka Modrich, Toni Kroos va Karim Benzemaning amaldagi shartnomasi yakunlanadi.
Ayni paytda ko‘pchilik muxlisu mutaxassislarni “Real” rahbariyatining bu o‘yinchilar bo‘yicha qanday qarorga kelishi qiziqmoqda.
Bosh murabbiy Karlo Anchelotti jurnalistlarning yuqorida nomi keltirilgan uch nafar futbolchi kelajagi haqidagi savollariga lo‘nda javob qaytardi.
- Bu futbolchilar bo‘yicha mening fikrim shunday:afsonalar “Real”da qolishi kerak, - dedi Karlo Anchelotti.
Hozircha klub rahbariyati yoshi o‘tib qolayotgan uch futbolchiga yangi shartnoma bergani haqida ma’lumotlar yo‘q.
Fikrlar