Anchelotti: Modrich - men uchun kafolat!

  • 22 sentabr, 2024, 12:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti markaziy yarim himoyachi Luka Modrichning barqaror o‘yinini e’tirof etdi.

Tecno

“Luka Modrich har doim maksimal darajada o‘ynaydi, men uchun u kafolatdir. Har bir futbolchi qancha ko‘p daqiqa maydonda o‘ynasa shuncha yaxshilanadi. Luka esa asosiy tarkibda maydonga tushganda ham, zaxiradan maydonga tushganda ham doim mukammaldir”, - deya Anchelotti so‘zlarini keltiradi italiyalik sport jurnalisti Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida (sobiq Twitter).

Modrich Chempionlar Ligasi tarixida golli uzatma muallifi bo‘lgan uchinchi eng yoshi katta futbolchi hisoblanadi. “Real” yarim himoyachisi “Shtutgart”ga qarshi bahsda 70-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va 83-daqiqada himoyachi Antonio Ryudigerga golli uzatma berdi (3:1).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!