
Anchelotti: "Manchester Siti" Evropaning eng yaxshi jamoasi"
"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Chempionlar ligasining pley-off bosqichidagi "Manchester Siti"ga qarshi bahsdan avval matbuot anjumanida ishtirok etdi. Italiyalik mutaxassis bo‘lajak muhim bahs va bir nechta futbolchilarining holati haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Vinisius hozirgi sport formasi qanday? Garchi u ikki marta jarohat olgan bo‘lsa ham, mavsum davomida juda yaxshi harakat qilmoqda. U hozir o‘zining eng yaxshi o‘yinini ko‘rsatmayotgan bo‘lishi mumkin, lekin Junior hali ham yaxshi formada ekanligini ta’kidlash joiz.
Men bunga ishonaman, Vinisius ertaga o‘z darajasini ko‘rsatadi. U bunday o‘yinlarda aql bovar qilmaydigan darajada harakat qiladi.
Menimcha, "Siti" Evropaning eng yaxshi jamoalaridan biri. Shu bilan birga, ular o‘z jamoasi uchun eng yaxshi murabbiyga egadirlar. Agar keyingi bosqichga chiqolmasak, men tanqidlarga duch kelishga tayyorman.
Gvardiola haqida gapiradigan bo‘lsam, u har doim futbolda yangi taktika va yangiliklardan foydalanishga harakat qiladi. Men uni juda hurmat qilaman, u dunyoning eng yaxshi murabbiylaridan biri, hattoki, eng yaxshi murabbiyidir. Xosepga qarshi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rish har doim dahshatli tush hisoblanadi.
Shuni ham ta’kidlash kerak, bu o‘yinda kim g‘alaba qozonsa, Chempionlar ligasida uzoqqa boradi. Buni bir necha yillardan buyon guvohi bo‘lib kelmoqdamiz.
Agarda "Oltin to‘p" haqida so‘rasangiz - menimcha, Rodri bu sovringa loyiq edi, ammo 2023 yilgisi uchun.
"Siti"ga qarshi pley-offda o‘ynash biroz hayratlanarli, chunki bu yarim final yoki final bo‘lishi mumkin edi. Ochig‘ini aytsam, hammasiga o‘zimiz aybdormiz.
“Sitining formasi yomonmi? Albatta, bu meni hayratda qoldirdi. Ular so‘nggi oylarda jarohatlar va yo‘qotishlar bilan og‘ir vaqtlarni o‘tkazishdi. Biroq, hozir kunda ko‘rganimizdek, ular yana har doimdagidek juda raqobatbardosh jamoa. Bu "Siti" kuchli ekanligiga shubha qilmayman" - dedi "qirollik klubi"ning bosh murabbiyi
Fikrlar