Anchelotti ichki “dushmanlar” tufayli “Real”dan ketadigan bo‘lyapti

  • 1 aprel, 10:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoa uning qo‘l ostida Ispaniya chempionati va Evropa chempionlar ligasida g‘olib chiqqaniga qaramay, muddatidan oldin klubni tark etmoqchi.

Tecno

Bu haqda The Athletic nashri xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, 65 yoshli italiyalik mutaxassis kelajagi haqida bosh qotira boshladi. Anchelotti “Real”dagi  to‘rt yillik faoliyati davomida toliqib qolganini ro‘kach qilyapti. Shuningdek, u klub ichidan ommaviy axborot vositalariga turli xabarlarni sizdirayotgan odamlar borligi uchun ham yozda ishini topshirib yubormoqchi.

Anchadan beri “Real” rahbariyati Karlo Anchelotti o‘rniga “Bayer”ni muvaffaqiyatli boshqarayotgag Xabi Alonsoni olib kelishni rejalashtirayotgani haqida ma’lumotlar tarqatilmoqda.

Keyingi paytda “Real”ni boshqarishga boshqa nomzod –“Liverpul”dagi uzoq faoliyatidan keyino‘tgan yozdan beri murabbiylikdan dam olayotgan Yurgen Kloppni olib kelish varianti ham paydo bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!