
Anchelotti Husanov transferiga munosabat bildirdi
Evropaning eng nufuzli musobaqasi – Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi bu gal turnirdagi yurishini davom ettirish uchun pley-offning o‘tish o‘yinida “Manchester Siti”ga to‘qnash keladi.
Yangi formatda o‘tkazilayotgan musobaqa qoidasiga ko‘ra, umumiy bosqichda 36 ta jamoa sakkiztadan uchrashuvda ishtirok etdi. Dastlabki sakkizta o‘rinni egallagan klublar nimchorak finalga chiqdi.
9-24-o‘rinlar sohiblari esa, o‘tish o‘yinlarida ishtirok etadigan bo‘ldi. 24-36-qatorlarni band etgan jamoalar turnirdan chiqib ketdi.
Evropa chempionlar ligasining yangi formatida qiyinchilikka duch kelgan “Real” umumiy bosqichni 11-pog‘onada yakunladi va o‘tish o‘yinida 22-o‘rindan joy olgan “Manchester Siti”ga ro‘baro‘ bo‘ldi.
Biz uchun ahamiyatli jihati shundaki, “shaharliklar” Evropa Chempionlar ligasining pley-off bosqichida ishtirok etish uchun yangi o‘yinchilar – Abduqodir Husanov, Vitor Reys va Umar Mashmushni ham qaydnomadan o‘tkazdi.
“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Manchester Siti” bilan bo‘ladigan ikkita uchrashuv oldidan raqib jamoaning yanvarda amalga oshirgan transferlariga munosabat bildirdi.
- “Shaharliklar” qishki transferlar vaqtida yangi o‘yinchilarga 200 million evrodan ortiq mablag‘ sarfladi.
Xosep Gvardiola jamoasi safiga Abduqodir Husanov, Umar Marmush Vitor Reys, Niko Gonsales qo‘shildi.
“Real” muntazam ravishda jarohatlar bilan bog‘liq muammoga duch kelayotgan bo‘lsa-da, birorta futbolchi olgani yo‘q. Lekin men hozir buni muhokama qilmoqchi emasman. Bor e’tiborimizni boshqa masalalarga qaratishimiz lozim, - dedi Karlo Anchelotti.
Ta’kidlash joizki, mavsum boshidan beri har ikki jamoa bosh murabbiylari tarkib tanlashda jiddiy qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Karlo Anchelotti jamoasida asosan himoya chizig‘i vakillari tez-tez safdan chiqishi odatiy holga aylandi.
“Manchester Siti” esa, mavsumning birinchi qismida juda katta inqirozni boshdan o‘tkazdi. Xosep Gvardiola muammoning echimi sifatida tarkibda jiddiy o‘zgarishlar qilishni boshladi.
Yanvar oyida jamoaga bir necha nafar yosh iste’dod egalari taklif etildi. Xususan, Angliyaning amaldagi chempionlari “Lans”dan Abduqodir Husanovni olish uchun bonuslarni qo‘shib hisoblaganda 50 million evro xarajat qilishiga to‘g‘ri keldi.
Endi “Real” va “Manchester Siti” o‘rtasidagi Evropa Chempionlar ligasining pley-off bosqichidagi o‘tish o‘yinlari 11 va 19 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.
Husanov yordamida “Manchester Siti” tarkibi qayta quriladi!
Fayzullaev sovrinlar uchun kurashmoqchi, Nikolich Abbosni xato uchun tanqid qildi!
Fikrlar
ларга мухлис очиб ёпса булдими