Anchelotti: "Biz g‘alabaga loyiq edik" (To‘liq matbuot anjumani)

  • 6 aprel, 11:08
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Real Madrid” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Valensiya”ga qarshi o‘yindan so‘ng jamoasi harakatlarini baholadi. Uning ta’kidlashicha, “qirollik klubi” g‘alaba uchun etarli imkoniyat yaratgan, ammo natija kutilganidek bo‘lmadi.

— “Valensiya” yaxshi o‘yin namoyon etdi, lekin g‘alabani bizga berish kerak edi. Biz hujumda ancha faol bo‘ldik, ko‘plab imkoniyatlar yaratdik. Faqatgina himoyada yaxshiroq o‘ynashimiz lozim edi..

Tajribali mutaxassis navbatdagi o‘yin, ya’ni “Arsenal”ga qarshi uchrashuvda mutlaqo boshqacha o‘yin kutilmoqda deb hisoblaydi:

— “Arsenal” yanada hujumkor o‘yin ko‘rsatadi. Biz ularga qarshi boshqacha yondashuv bilan maydonga tushamiz.

Anchelotti jamoadagi penalti muammosiga ham to‘xtalib o‘tdi:

— Joriy mavsum penaltilarda omadimiz kelmayapti. Vinisius, Bellingem va Mbappe penaltidan foydalanishda qiyinchilikka duch kelishmoqda.

Shuningdek, u darvozabonlar holati borasida ham yangiliklar bilan o‘rtoqlashdi:

— Kurtua bugun o‘zini yaxshi his qilmoqda va mashg‘ulotda qatnashdi. Ertaga u jamoa bilan bo‘ladi. Shuning uchun Luninni tavakkal qilib tushirmadik. Seshanba kuni ikkisini ham safda ko‘raman deb o‘ylayman.

Murabbiy jamoaning ba’zi jihatlarida kamchilik bo‘lganini ham tan oldi:

— Balki biz to‘pni qayta egallashda samarali bo‘lmaganmiz. Rostini aytsam, raqiblar gol urish uchun uncha kuch sarflagani yo‘q.

Anchelotti Vinisius Juniorning kayfiyati haqida ham fikr bildirdi:

— Vini xafami? Yo‘q, bu unga ta’sir qilmaydi. U doim faqat ishiga e’tibor qaratadi. U yaxshi ham, yomon ham o‘ynashi mumkin, lekin har doim 100 foizini beradi.

Oxirida u Kilian Mbappe jamoaning asosiy penaltichiga aylanishi mumkinligini ham inkor etmadi:

— Mbappe doimiy penalti amalga oshiruvchi bo‘ladimi? Ko‘ramiz" - deya ta’rif berib o‘tdi ispaniyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!