Ana xolos: Tekshiruvda Vinisius kamerunlik ekani aniqlandi...

  • 21 noyabr, 2024, 09:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” va Braziliya terma jamoasi yulduzi Vinisius Junior DNK testini topshirdi. Tekshiruv natijasida uning asli kelib chiqishi Kamerundan ekani aniqlandi.

Tecno

Braziliyalik futbolchiga tekshiruv natijalari aks etgan sertifikat rasman topshirildi.

Vinisius Junior 2000 yilning 12 iyul kuni Braziliyaning Rio-de-Janeyro yaqinidagi San-Gonsalu shahrida tug‘ilgan.

24 yoshli futbolchi “Flamengo” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2018 yili 45 million evro evaziga “Real”ga ko‘chib o‘tgan va shundan beri “Qirollik klubi” sharafini himoya qilib kelmoqda.

Bugungi kunda Transfermarkt portali ekspertlari Vinisius Juniorni 200 million evroga baholamoqda. U “Real” safida uch karra Ispaniya chempioni bo‘lgan. Shuningdek, ikki marotabadan Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida zafar quchgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!