Ana xolos! Ronaldu 1 oyga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin

  • 25 yanvar, 2023, 11:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus"ga qarshi moliyaviy firibgarlik bo‘yicha tergov davom etmoqda. Hozirda moliyaviy hisobotlarni chetlab o‘tib, o‘yinchilarga maosh to‘langani bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tecno

Jurnalist Paolo Zilianining ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, 2019/2020 yilgi mavsumda 23 kishi, 2020/2021 yilgi mavsumda esa 17 kishi “konvertda” maosh olishga rozi bo‘lganligi haqida ma’lumotlar bor. Ular kamida bir oyga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin, hatto endilikda "Yuventus" vakili bo‘lmasa ham.

Ro‘yxatga Krishtianu Ronaldu, Mauritsio Sarri, Leonardo Bonuchchi va boshqa ko‘plab futbolchilar kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, aynan moliyaviy qoidabuzarliklar sabab yaqinda “Yuventus” hisobidan 15 ochko olib tashlangan edi. Jamoa hozir A Seriya musobaqa jadvalida 10-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!