Ana xolos! "Roma" birdaniga 15 ta futbolchi bilan xayrlashmoqchi

  • 8 iyun, 2021, 22:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rimning "Roma" klubi mavsumlar oralig‘ida jamoaning 15 nafar futbolchisi bilan xayrlashishi mumkin.

Tecno

La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga qaraganda, Italiya klubi rahbariyati ish haqini kamaytirish niyatida. Xaver Pastore (yillik maoshi 4,5 mln evro), Davide Santon (yillik maoshi  2,2 mln evro), Federiko Fasio (yillik maoshi 2 mln evro), Pau Lopes (yillik maoshi 2,5 mln evro), Karles Peres (yillik maoshi 2 mln evro) va Amadu Diavara (yillik maoshi 2,5 mln evro) kabi futbolchilar jamoaning yangi ustozi Joze Mourinoning yangi mavsum rejalariga kirmaydi.

Bundan tashqari, o‘tgan mavsumni boshqa jamoalarda ijarada o‘tkazgan futbolchilar ham "Roma"dan ketishi mumkin. Bular Alessandro Florentsi (yillik maoshi 3 mln evro), Robin Olsen (yillik maoshi 2,5 mln evro), Stiven Nzonzi (yillik maoshi 3 mln evro), Jastin Klyuyvert (yillik maoshi 2,6 mln evro) va Jengiz Under (yillik maoshi 2,2 mln evro).

“Roma” o‘tgan mavsum A Seriyada 7-o‘rinda yakunladi va Evropa ligasi yo‘llanmasiga ham ega bo‘la olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!