Ana xolos: “Real”da Mbappe transferi uchun imkon yo‘q!

  • 30 iyun, 2023, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” futbolchisi Ferlan Mendining agenti Ivan Le Me PSJ hujumchisi Kilian Mbappening Madrid klubiga transferi haqidagi savolga javob berdi.

Tecno

Ma’lumki, PSJ rahbariyati 24 yoshli futbolchi kelasi mavsum erkin agentga aylanmasligi uchun shu yoz ichi uni sotib yubormoqchi. Avvalroq, bu transfer “Real”ga 200 million evroga tushishi aytilgan edi.

- Bu yoz “Real”ning Mbappeni transfer qilishi uchun hech qanday imkoniyat yo‘q. Men klubga yaqinman. Hozir “Real”da bunday katta transfer uchun pul yo‘q, - dedi Ivan Le Me.

So‘nggi kunlarda Mbappega yangi da’vogar paydo bo‘ldi.  “Liverpul” bu transfer uchun 300 million evroga yaqin mablag‘ sarflashga tayyor. Bu summa parijliklarni har tomonlama qoniqtiradi. Masala Kilianning o‘zini Angliya Premer-ligasiga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirishdi qoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Nodirbek Sultanov
30/06/2023 18:22
Bir yillik shartnomasi qolgan oʻyinchiga ikki yuz million ham koʻp. Liverpol hech qachon 300 mlnga olmaydi oʻyinchi. Bitta oʻyinchi buncha pul ajratmaydi.