
Ana xolos: “Real” yangi murabbiy bilan kelishib qo‘ydi, u yozda keladi...
“Real” rahbariyati Karlo Anchelottining bosh murabbiylik kursisini qaysi mutaxassisga topshirish masalasini hal qilib qo‘ydi.
Ispaniyaning nufuzli manbasi – fichajes.net saytining xabar berishicha, Madridga Xabi Alonso keladi. Tomonlar o‘zaro hamkorlik bo‘yicha muzokara o‘tkazib, kelishuvga erishgani aytilmoqda.
Ispaniyalik mutaxassis o‘ziga qadrdon bo‘lgan “Real”ni keyingi mavsum oldidan boshqaradigan bo‘lyapti.
“Qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres Xabi Alonsoning “Bayer”dagi faoliyatini o‘rganib chiqib, “Real”ning yangi loyihasida aynan uni bosh qilish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi.
Madridliklarga Alonso qo‘llayotgan hujumkor o‘yin taktikasi juda ma’qul kelmoqda. Shuningdek, bu mutaxassis futbolchilar bilan til topishishda ham ijobiy ko‘rsatkichlarga ega.
Xabi Alonsoga Evropaning boshqa grandlaridan ham takliflar etarli. Biroq u futbolchilar davrida aynan “Real”da o‘ynagani tanlovga ta’sir qilgan ko‘rinadi.
Insayderlarning ma’lumotlariga qaraganda, “Real” dastlab Alonsoga ikki yillik shartnoma beradi. Agar hamkorlik yuqori darajada davom etsa, madridliklar kelishuv shartlari va muddatlarini o‘zgartiradi.
Fikrlar