
Ana xolos! PSJ futbolchilarida koronavirus aniqlandi, ular orasida Neymar ham bor
"Pari Sen-Jermen" hujumchisi Neymar koronavirusga chalindi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, klub tibbiy protokol bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘rdi. Bundan tashqari, Leandro Paredes va Anxel Di Mariyada ham Covid-19 aniqlangan. Aytish kerakki, ushbu uchchala qit’adoshlar ta’tilda bir joyda dam olgan. Ammo ular bilan birga dam olishga borgan Mauro Ikardi, Ander Errera va Keylor Navasga virus yuqmagan.
Neymar PSJ safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 85 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 70 ta gol hamda 41 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar