Ana xolos! "Napoli" futbolchilari "Torino"ga mag‘lub bo‘lgan o‘yindan so‘ng mehmonxonaga qamab qo‘yilgan

  • 9 yanvar, 2024, 11:39
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Napoli" jamoasi A Seriya doirasidagi uchrashuvda "Torino"ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Mazkur mag‘lubiyatdan so‘ng klub futbolchilarni mehmonxonaga qamab qo‘ygan. 

Tecno

"La Gazzetta dello Sport" nashri xabariga ko‘ra, jamoa vakillari mashg‘ulotlar o‘tkazilgan maydonda emas, mehmonxonada keyingi bahsga tayyorgarlik ko‘radi. Navbatdagi uchrashuv esa 13 yanvar kuni "Salernitana"ga qarshi bo‘lib o‘tadi. Shungacha "uy qamog‘i" rejimi o‘zgarmasligi aytilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, ayni paytga kelib, neapolliklar 28 ochko bilan A Seriya turnir jadvalining 9-pog‘onasini band etib turibdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!