
Ana xolos! Mourino “Roma”ga mashhur janjalkash Balotellini chaqirdi
Og‘ir xarakateri, kutilmagan xatti-harakatlari bilan nom chiqargan Mario Balotelli faoliyatini yana o‘z yurtida davom ettirishi mumkin.
Joze Mourino ayni paytda Turkiya chempionatida “Adana Demirspor” klubi sharafini himoya qilayotgan italiyalik futbolchini “Roma”ga chorlamoqda, - deb xabar tarqatdi taniqli jurnalist Alfredo Pedulla.
Manbaning ta’kidlashicha, portugaliyalik mutaxassis 32 yoshli hujumchi bilan bo‘lajak transfer borasida suhbatlashib bo‘lgan. Mourino Balotellini “Inter”da ishlagan paytida o‘ynatgan edi va hujumchining imkoniyatlarini yaxshi biladi.
Balotellining turk klubi bilan shartnomasi 2024 yilning yarmigacha davom etadi. Italiya terma jamoasining sobiq yulduzi hozir 2,8 million evroga baholanayotgani “Roma”ga uni to‘liq sotib olish imkonini beradi.
Fikrlar