
Ana xolos! Mane Klopp bilan kelisholmay qoldi. U "Real"ga o‘tishi mumkin
"Liverpul" klubi forvardi Sadio Mane yozgi transferlar davrida APLni La Ligaga almashtirishi mumkin. Bu haqda France Football nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, senegallik futbolchining bosh murabbiy Yurgen Klopp bilan munosabatlari yomonlashgan va u sababli ham "Real"ning taklifiga rozilik bildirishi mumkin.
Manening “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan. “Real” esa uning transferi uchun mersisaydliklarga 170 mln evro to‘lashga tayyor.
Fikrlar