
Ana xolos: “Liverpul” hujumchisi ashaddiy raqib safiga o‘tadi
“Liverpul” hujumchilaridan Diogu Jota yozgi transferlar davrida jamoasini o‘zgartirishga qaror qildi. Bu haqda Football Insider nashri ma’lumot tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar portugaliyalik futbolchini kelajakdagi rejalariga kiritmadi va u bilan yana ikki yil davomi etishi kerak bo‘lgan shartnomani uzaytirmaydigan bo‘ldi.
Endi 28 yoshli hujumkor futbolchi zaxira o‘rindig‘ida qolib ketmasligi uchun o‘ziga munosib boshqa jamoa topishi kerak.
Bu borada Jotaning omadi chopdi. “Arsenal” tajribali hujumchiga ish berishga tayyor. Buning uchun “kanonirlar” ashaddiy raqib – “Liverpul”ni Jotani qo‘yib yuborishga ko‘ndirishiga to‘hri keladi.
Transfer bozorida Jota 45 million evroga baholanmoqda. Joriy mavsumla barcha turnirlarda 29 marta maydonga tushgan futbolchi sakkizta gol va uchta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar