Ana xolos: Husanovning transferiga qarshi chiqishmoqda!

  • 23 dekabr, 2024, 08:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Lans” rahbariyati murakkab tanlov qarshisida qolgae. Klub molyaiviy feyr-pley doirasida 40 million evrodan ortiq tushum qilishi kerak. Bu summa topishning eng oson va tezkor usuli qimmat o‘yinchilarni boshqa klublarga transfer qilishdan iborat.

Tecno

Ekspertlarning ta’kidlashicha, “Lans” yozda barbod bo‘lgan ikki savdo – Kevin Dansoning “Roma”ga va Nil Al-Aynauining “Monako” transferlaridan vujudga kelgan kamomadni yopish uchun yanvarda futbolchi sotishiga to‘g‘ri kelmoqda.

Ayni paytda klubning eng talabgir aktivi Abduqodir Husanov bo‘lib turibdi. 20 yoshli himoyachiga Frantsiyadan “Marsel” va “Pari Sen-Jermen”, Angliyadan “Chelsi”, “Tottenxem”, “Everton”, “Nyukasl”, Germaniyadan “Bayer” va “Leyptsig”, Italiyadan “Napoli” va “Atalanta”, Ispaniyadan “Atletiko Madrid” qiziqayotgani haqida xabar tarqatilmoqda.

“Lans” Husanov transferidan 30 million evro atrofida mablag‘ ishlab olmoqchi. Biroq klub oldida o‘zbek legionerini mavsum yakunlanganidan keyin yanada qimmatroq narxga transfer qilish imkoniyati ham bor.

Transferi pishib borayotgan ikkinchi nomzod Kevin Danso. Yozda Rimdan qaytgan tajribali himoyachini Angliya Premer-ligasi vakillaridan “Sautgempton” va “Vulverxempton”, La Ligadan “Vilyarreal” o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qiladi.

“Lans” faoliyatini yoritib kelayotgan lensois.com portali muxlislar orasida so‘rovnoma o‘tkazib, ularning Abduqodir Husanov va Kevin Danso transferi bo‘yicha fikrlarini o‘rgandi.

So‘rovnomada portal ekpertlari to‘rtta variant berdi. Unga ko‘ra, muxlislarning aksariyati Abduqodir Husanovning qishki transferlar vaqtida sotib yuborilishiga qarshi chiqmoqda.

Natijalar bilan tanishing:

  • Kevin Dansoni sotib yuborish, Abduqodir Husanovni olib qolish tarafdorimiz: 56,32%
  • Iqtisodiy vaziyatga qaramay, bu ikki himoyachidan birini sotib yuborish ham katta xato: 30,89%
  • Yaxshi taklif tushsa, har ikki himoyachini qo‘yib yuborishdan qo‘rqish kerak emas: 8,89%
  • Abduqodir Husanovni sotib yuborish, Kevin Dansoni olib qolish tarafdorimiz: 3,9%

“Lans”ning qishki transferlarini klub muxlislari ham ijtimoiy tarmoqlar orqali keng muhokama qilmoqda.

Sports.uz portali lanslik fanatlarning fikr-mulohazalarini o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola qiladi.

SYL1362:

Husanov bo‘yicha takliflar ko‘p. Vaqtida qo‘yib yubormasa keyin, bepul ketib qolishi mumkin. Masalan, Leni Yoro transferini olaylik. Agar uni “Manchester Yunayted” katta summaga olib ketmaganida, “Real” bu ishni 20 million evroga uddalardi. Yoroning  60 million evroga ketishiga transferga Jorje Mendeshning aralashgani sabab bo‘ldi.

Hozir Husanovni qo‘yib yuboradigan bo‘lsa, bu moliyaviy vaziyat tufayli bo‘ladi. Abduqodir klub tarixidagi eng katta daromad keltirishi mumkin bo‘lgan o‘yinchi. 100 ming evroga transfer qilingan futbolchi uchun 30-40 million evro tushum qilish va sof daromad.

Agar biz Husanovni 50 million evroga o‘tkaza olsak, “Lans” 40 million evrolik kamomadini bir urinishda yopadi.

Menga qolsa, 40 million evro topish uchun uch to‘rtta o‘yinchini sotib yuborgandan ko‘ra, 30 million evroga bo‘lsa-da, Husanovni transfer qilish kerak.

LOULOU59:

Men “Lill”ni yoqtirmasam ham, ular Leni Yoroni juda yaxshi summaga transfer qilganini yoqlayman. “Lans” esa, Husanovni 30 million evroga o‘tkazish uchun taniqli agent Jorje Mendeshni jalb qilgani haqida ma’lumot tarqaldi.

“Lans” boshqaruvidagi bu borada biroz no‘noqroq ko‘rinadi.

TONY:

Biz har doim Kevin Danso va Abduqodir Husanov kabi mahoratli o‘yinchilarni qo‘yib yuborishdan qo‘rqamiz. Chunki ularning o‘rnini bosish o‘xshamay qolishi mumkin. Lekin ikkinchi tomondan ularning katta klublarga o‘tishi boshqa o‘yinchilar uchun yo‘l ochadi.

Yozda Danso ketishini eshitganimizda endi nima qilamiz, deb o‘ylanib qoldik. Keyin Abduqodir paydo bo‘ldi. Husanov talantini namoyish qildi va kashfiyotga aylandi. Endu Husanovsiz “Lans”ni tasavvur qilib bo‘lmayapti.

Ularni qo‘rqmay qo‘yib yuborish va bor e’tiborni huddi shu futbolchilarga o‘xshagan yangi iste’dodlarni kashf qilishga qaratish lozim.

Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov 2023 yilning yozidan beri “Lans” futbolchisi hisoblanadi. Bugungi kunda o‘zbekistonlik Transfermarkt  portali tomonidan 12 million evroga baholanmoqda. Bu borada 20 yoshli legionerimiz Markaziy Osiyoning eng qimmatbaho o‘yinchisi hisoblanadi.

Abbos gol urmasligi, assist qayd etmasligi kerak...

Qani ko‘ramiz, endi Fayzullaev osmonda uchadimi yoki erda yuradimi?!

Fayzullaev otlan, Evropaga ketadigan payt keldi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!