
Ana xolos! "El-klasiko"dan oldin "Barselona" futbolchisining uyiga o‘g‘ri tushdi
“Barselona” himoyachisi Nelson Semeduning uyi bugun “Real”ga qarshi bo‘ladigan o‘yindan oldin tunab ketildi.
Cadena SER nashri muxbiri Anna Punsining xabar berishicha ushbu holat bugun Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da sodir bo‘lgan. Bu paytda futbolchi uyda bo‘lmagan, “el-klasiko”ga tayyorgarlik jarayonida mehmonxonada bo‘lgan.
Mahalliy politsiya esa soat 18:15 da bu haqda xabar topgan.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” – “Real” bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.
Fikrlar