“An-Nasr” bosh murabbiyi mag‘lubiyatda Ronalduni aybladi (foto)

  • 28 yanvar, 2023, 22:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“An-Nasr” yaqinda Saudiya Arabistoni Superkubogi doirasida “Al-Ittihod”dan mag‘lubiyatga uchrab, yarim finalda yurishini to‘xtatgan edi.

Tecno

Rudi Garsiya jamoaga qo‘shilgan Krishtianu Ronalduning o‘yinidan norozi ekanini bildirdi. To‘liq o‘ynagan portugaliyalik yulduz birinchi bo‘lim oxirida hisobni tenglashtirish imkoniyatini boy berdi.

ronaldu rasvo

- Ronaldu birinchi bo‘limda juda qulay vaziyatni barbod qildi. Bu o‘yin hisobiga ta’sir o‘tkazgan vaziyatlardan biri edi. Raqibni tabriklayman, ular bahsning birinchi yarmida bizdan yaxshi o‘ynadi.

Ikkinchi bo‘limda o‘yinimizni kuchaytirdik, lekin natijani o‘zgartira olmadik. Superkubokdagi yurishni to‘xtatganimizdan afsusdamiz. Lekin milliy chempionatda birinchi o‘rindamiz, - dedi Rudi Garsiya.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!