Amorim Reshfordni ketma-ket uchinchi uchrashuvga chaqirmagani sababini aytdi

  • 22 dekabr, 2024, 18:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ruben Amorim 17-tur doirasida “Bornmut”ga qarshi uchrashuv qaydnomasiga Markus Reshfordni kiritmadi.

Tecno

Klubning asosiy yulduzi ketma-ket uchinchi bellashuvda jamoadan chetda qolmoqda.

Portugaliyalik mutaxassis o‘z qarorini quyidagicha izohladi.

- Reshfordni tarkibga kiritmaslik bu mening qarorim va har doim qarorni o‘zim qabul qilaman. Tarkibni men tanlaymay, futbolchilarimning eng yaxshi o‘yinlarini ko‘rinishni istayman, turli o‘yinchilar bilan har xil variantlarni sinab ko‘raman. Mening maqsadim shu, - dedi Ruben Amorim.

27 yoshli Reshford avval “Manchester Siti” va “Tottenxem”ga qarshi uchrashuvlar qaydnomasiga ham kiritilmagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!