Alonso bu o‘yinchiga asosiy tarkibdagi joyni “mixlab” berdi

  • 29 avgust, 08:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoa tarkibini tartibga solib, o‘ziga moslashtirish siyosatini davom ettirmoqda. Grand klublarda bir pozitsiyaga bir necha o‘yinchi da’vogarlik qilishi tufayli tarkib tanlash doim qiyinchilik tug‘diradi.

Tecno

Marca nashrining yozishicha, “Real”da chap qanot himoyasida o‘ynashga asosan uch futbolchi – Fran Garsiya, Ferlan Mendi va yangi kelgan Alvaro Karreras da’vogarlik qilmoqda.

Xabi Alonso boshchiligidagi murabbiylar shtabi uchala qanot himoyachisi orasidan Karrerasni tanladi. Endi 22 yoshli ispan futbolchisi boshlang‘ich tarkibda maydonga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, madridliklar Karrerasni olish uchun “Benfika” klubiga 50 million evro to‘lagan. Hozirgacha ikkita uchrashuvda qatnashgan Karreras har ikki bahsni ilk daqiqalardan boshladi va murabbiylar ishonchini oqlab kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!