
"Al-Oruba" klubi Rubin Xebayni rasman tanishtirdi (foto)
Yaqinda “Andijon”dan Saudiya Arabistonining “Al-Oruba” klubiga transfer qilingan albaniyalik legioner Rubin Xebay yangi jamoasida rasman tanishtirildi.
Bu haqida “Al-Oruba” matbuot xizmati xabar bermoqda. Klub futbolchi bilan 1,5 yillik shartnoma imzolagan. Saudiya jamoasi va uning muxlislari ushbu transferdan mamnun ekanliklarini yashirmayaptilar.
Tez orada Xebayning yangi klubida debyut o‘yinini o‘tkazishi kutilmoqda.
Fikrlar