
"Al-Ittihod"ning yangi bosh murabbiyi ma’lum
Ayni paytda o‘ziga yangi bosh murabbiy izlayotgan "Al-Ittihod" rahbariyati klubga kimni olib kelishi ma’lum bo‘ldi. Saudiyaliklar Marselo Galyardo bilan kelishuvga erishdi, deya xabar bermoqda "TYC Sport" nashri. Buni insayder Fabritsio Romano ham tasdiqladi.
Galyardo deyarli bir yildan beri ishsiz yuribdi. U 2014 yildan 2022 yilgacha "River Pleyt" jamoasiga murabbiy bo‘lgan. Faoliyati davomida 2 marta Libertadores sovrinini yutgan va bir nechta mamlakat chempionatlarida zafar quchgan.
"Al-Ittihod" avvalroq Nunu Santuni o‘z lavozimidan ozod qilgandi. Klub Marselodan oldin Xulen Lopetegi bilan ham muzokaralar o‘tkazdi, lekin kelishuvga erisha olmadi.
Fikrlar