"Al-Hilol" Messini qo‘lga kiritish uchun "Barsa" futbolchilaridan foydalanmoqchi

  • 8 may, 2023, 15:50
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozda erkin agentga aylanishi kutilayotgan Lionel Messining keyingi manzili hozircha noma’lum. Uning oldida bir qancha variantlar mavjud: "Barsa"ga qaytish, Saudiya chempionatiga yo‘l olish va MLSda o‘ynash. Argentinalik hujumchi so‘nggi qarorni chiqargani yo‘q. 

Tecno

"El Chiringuato" nashri xabar berishicha, "Al-Hilol" Messi transferini amalga oshirishga harakat qilmoqda. Klub buning uchun Alba, Busketslarni o‘z tarkibiga qo‘shib olishni rejalashtirgan. Saudiyaliklarning maqsadi ushbu transferlar orqali Lionelni ko‘ndirish. 

Eslatib o‘tamiz, Busketsning amaldagi shartnomasi mavsum so‘nggida o‘z nihoyasiga etadi. Jordi esa 2024 yilda klubni tark etishi kerak. 

Avvalroq, 35 yoshli futbolchining PSJni tark etishi borasida ma’lumotlar tarqalgandi. Shu bilan birgalikda, "Barselona" ham Messini qaytara olmasligi mumkin. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!