
"Al-Hilol" futbolchisi "Barsa" va "Arsenal"dan taklif bo‘lganini tan oldi!
"Al-Hilol" futbolchisi Ruben Nevesh Saudiya Arabistoniga o‘tishidan oldin unda APL yoki La Liga varianti borligini tan oldi.
"Uchta klubga o‘tishga yaqin turgandim. Ammo yakunda bu sodir bo‘lmadi va bu holat "Al-Hilol"ga o‘tishimga yordam berdi.
Men hech qanday nom aytmoqchi emasman. Biroq "Barselona" variantini deyarli hamma joyda yozishdi va bu to‘g‘ri edi. Xuddi shunday taklif "Arsenal"dan ham keldi. Yana bir jamoa esa Angliya va Ispaniyadan tashqarida edi.
Qaror qabul qilishda shubha qilmadim. Sababi, amalga oshmaydigan hamda ishonish qiyin bo‘lgan transferlardan charchagandim", - dedi portugaliyalik yarim himoyachi.
Portugaliyalik futbolchi 2023 yilning yozida 47 million funt evaziga "Al-Hilol"ga o‘tgan edi. Futbolchining Saudiya klubidagi maoshi yiliga 18,5 million evro ekani aytilmoqda.
Joriy mavsumda futbolchi chempionatda 20 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar